Hodisa

Toshkentda mast erkak xotinining ustidan benzin quyib, bolasining ko‘z o‘ngida uni yoqib yubordi

Ayolning o‘g‘li bilan ko‘rishishga yo‘l qo‘ymagani ayblanuvchini g‘azablantirgan.

Toshkentda mast erkak xotinining ustidan benzin quyib, bolasining ko‘z o‘ngida uni yoqib yubordi

Toshkentda mast erkak xotinining ustidan benzin quyib, bolasining ko‘z o‘ngida yoqib yubordi, deb yozadi Millar.

Hodisa Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan. 1983-yilda tug‘ilgan erkak turmush o‘rtog‘i bilan doimiy janjallashib kelgan. Voqea sodir bo‘lgan kuni erkak mast holda bolasi bilan ko‘rishish uchun xotinining oldiga borgan, biroq ayol bunga ruxsat bermagan. Shunda ayblanuvchi benzin olib, uning ustidan xotiniga sepgan va uni yoqib yuborgan. Bularning barchasi farzandining ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi.

“U jahldor edi va bolamni menga ko‘rsatmadi. Men hech qanday yomon ish qilganim yo‘q. Agar biz o‘sha kuni bir daqiqa bo‘lsa ham telefonda gaplashganimizda, bunday bo‘lmasdi. Men chindan ham o‘zim bilan benzin olib, zajigalkani yoqdim va qo‘llarim ham shikastlandi. Men unga o‘t qo‘ymoqchi emasdim”, — dedi ayblanuvchi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol tanasining 75 foizi kuygan. Shifokorlarning sa’y-harakatlari bilan uni qutqarishga muvaffaq bo‘lingan, biroq hozirgacha u beshga yaqin operatsiyani boshdan kechirgan. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchiga tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda ham xuddi shunday holat kuzatilgandi. Er xotiniga benzin sepib, bolalari oldida yoqib yubordi. Shundan so‘ng erkak uyni tark etib, ayolni yolg‘iz qoldirgan. Sud uni umumiy rejimdagi koloniyada 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jabrlanuvchining aytishicha, u erini 5 nafar farzandi uchun kechirgan.

Izohlar

Mavzuga oid