Andijonda erkak fuqaroga davlat muassasasi yerini sotmoqchi bo‘ldi
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, fuqaroga qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Andijonda davlat muassasasining yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Hodisa Shahrixon tumanida sodir bo‘lgan. Fuqaro “Norin-Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari boshqarmasi balansida bo‘lgan 10 sotix yer maydonini noturar joy sifatida boshqa shaxsga sotish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Narxi 32 ming dollarni tashkil etdi. U 18 ming dollar olayotganida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Erkak 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda hakamlik sudi kadrlar bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushgandi. Erkak tanishini boshqa tanishlari orqali ishga joylashtirish uchun ming dollar so‘ragan.
Izohlar