Dunyo

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘uliston poytaxtida bo‘ladi

Ikki davlat rahbarlari bir qator shartnomalar imzolashni rejalashtirmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 24-25 iyun kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, sanoat tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, qazib chiqarish, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari muzokaralarning asosiy mavzularidan biri bo‘ladi. Shuningdek, sammit yakunida kelishuvlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная