Rossiyada o‘zbekistonlik ayol fohishaxona saqlash va intim xizmatlar ko‘rsatishda gumonlanmoqda
Bitta tashrifning narxi uch ming rubl atrofida bo‘lgan.

Rossiyada huquq-tartibot idoralari xodimlari ko‘p qavatli uyning kvartirasida fohishaxona tashkil qilib, mijozlarga intim xizmat ko‘rsatgan o‘zbekistonlik ayolni qo‘lga oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tartib posbonlari Sankt-Peterburgda 40 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan. Ayolning 28 yoshli vatandoshi politsiyaga ayol Stoykosti ko‘chasidagi xonadonlardan birida tashkil qilgan fohishaxona haqida xabar bergan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlarining aniqlashicha, ayol nafaqat fohishaxona ishini boshqargan, balki mijozlarga o‘zi ham intim xizmat ko‘rsatgan. Qayd etilishicha, tashrifning o‘rtacha qiymati 3000 rubl atrofida bo‘lgan. Tartib posbonlari ayolga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 241-moddasi (Fohishalik bilan shug‘ullanishni tashkil etish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan migratsiya rejimini buzganlik uchun bayonnoma tuzilgan. Ayolni maxsus qabulxonaga joylashtirishdi.
Avvalroq Toshkentda yo‘lovchi poyezdi kuzatuvchisi kupeda fohishaxona tashkil etgani haqida xabar berilgandi. Xodim ustidan uning doimiy mijozi shikoyat qilgan.
Izohlar