Dunyo

Rossiyada deputatlar migrantlar uchun ayollar bilan muloqot qilish bo‘yicha imtihon joriy etishni taklif qildi

Chet el fuqarolari orasida tegajog‘lik va shilqimlik qilish holatlari ko‘paygan.

Фото: Ситуативное

Rossiyada deputatlar Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi rahbari Valeriy Falkovga migrantlar uchun imtihonni “Rossiyada ayollar bilan muloqot qilish me’yorlari”ga bag‘ishlangan bo‘lim bilan to‘ldirish taklifi bilan maktub yo‘lladi, deb yozadi TASS.

Maktubni “Yangi odamlar” fraksiyasi deputatlari Vladislav Davankov, Yaroslav Samilin va Kseniya Goryacheva yo‘llagan. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya va readmissiya to‘g‘risida 190 mingta qaror qabul qilingan, bu 2023-yilga nisbatan 93,8 mingtaga ko‘pdir.

Buning sabablari orasida jamoat tartibini buzish holatlari, jumladan, ayollarga nisbatan haqoratli va hurmatsiz munosabatda bo‘lish, tegajog‘lik va shilqimlik holatlari tobora ko‘payib bormoqda.

“Deportatsiya va chiqarib yuborish amaliyoti takomillashganiga qaramay, migrantlarda ayollarga nisbatan madaniy va huquqiy me’yorlar to‘g‘risida asosiy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan profilaktika choralarini ko‘rish zarur. Chet el fuqarosi ayollar bilan muloqot qilish me’yorlarini, jumladan, tegajog‘lik va shilqimlik uchun huquqiy oqibatlarni bilishi shartligi to‘g‘risidagi qoidani qo‘shish zarur”, — deya ta’kidladi mualliflar.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada migrantlarni qurilish va umumiy ovqatlanishda yollashni cheklash taklif qilingandi. Ayrim sohalarda xorijliklar ishga qabul qilinmaydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная