Dunyo

Rossiya ekstremistik kanallarga obuna bo‘lgani uchun O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini mamlakatga kiritmayapti

Chegarachilar chet elliklarning kirishi uchun xavfsizlik nazoratini kuchaytirdi.

Фото: ситуативное / Sputnik

Rossiya chegara idoralari Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolarining qurilmalarida ekstremizm yoki terrorchilik belgilari bo‘lgan kanallarga obuna bo‘lish holatlari aniqlanganda ularni mamlakatga kiritishni rad etmoqda, deb yozadi “TASS”.

Ishlardan birida ko‘rsatilishicha, Tojikiston fuqarosi Dilshod A.ning telefoni tekshiruvdan o‘tkazilgach, unga Rossiyada faoliyati taqiqlangan islomiy radikal arboblarning va’zlari bilan materiallar joylashtirilgan YouTube kanallariga obuna bo‘lgani aniqlanib, unga kirishga ruxsat berilmagan. Materiallarda qayd etilishicha, foydalanuvchi Rossiyaga qarshi mazmundagi videolarni ham tomosha qilgan.

Yana bir holatda, O‘zbekiston fuqarosi Akmaljon B. radikal qarashlarga ega diniy blogerlarning kontenti va taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq video materiallarga qiziqishi sababli Rossiyaga kirishi taqiqlandi. Chegara xizmati buni xavfsizlikka potensial tahdid belgisi deb hisobladi.

Shuningdek, bir necha holatda rad etishga Ukraina tarafdori bo‘lgan kanallarga obuna bo‘lish, Ukraina maxsus xizmatlari harakatlari haqidagi videoyozuvlarni tomosha qilish va Rossiya huquq-tartibot idoralariga nisbatan tanqidiy yozishmalardagi xabarlar sabab bo‘lgan. Chegarani kesib o‘tishga uringan ba’zi shaxslarda nazoratdan o‘tishdan oldin yozishmalarni o‘chirishga urinishlar qayd etilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная