O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘nlab million dollarlik shartnomalar imzoladi
Toshkent va Kobul savdo-iqtisodiy hamkorlik hajmini oshirish va ko‘paytirishni istaydi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida umumiy qiymati 20 mln dollardan ortiq bo‘lgan savdo shartnomasi imzolandi, deb xabar bermoqda Ariana News.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma imzolanishi Kobulda bo‘lib o‘tgan. O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Oybek Usmonov mamlakatning Afg‘oniston bilan tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazishga tayyorligini tasdiqladi.
Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuruddin Aziziy, o‘z navbatida, Kobulning Markaziy Osiyo mamlakatlari, ayniqsa, O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalari tarixda misli ko‘rilmagan darajaga yetganini ta’kidladi.
Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi raisi, shuningdek, ikki mamlakat rasmiylarini tadbirkorlar uchun ko‘proq konsullik qulayliklarini yaratishga chaqirdi va ko‘p martalik ishbilarmonlik vizalarini berish uchun zarur shart-sharoitlar ta’minlanmaguncha, savdo-sotiqning keng ko‘lamda kengayishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi.
“Biz ikki mamlakatning hurmatli idoralaridan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni imzolash jarayonini tezlashtirishni so‘raymiz”, — dedi Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi raisi.
Avvalroq O‘zbekiston va Afg‘oniston sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgani xabar qilingandi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi Abdulla G‘affor Teraviyni qabul qilgan.
Izohlar