Rossiyadan xorijda og‘ir ahvolda qolgan ona va uning uch nafar voyaga yetmagan farzandidan iborat oila O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oila Xakasiya poytaxtida qiyin ahvolda qolgan. Jabrlanganlar zarur konsullik hujjatlarini rasmiylashtirishga, shuningdek, Bosh konsulxona va Agentlik vakolatxonasi xodimlari tomonidan ma’naviy va moliyaviy yordamga muhtoj edi.
Diplomatlar zudlik bilan oilaning vatanga qaytishi uchun barcha zarur hujjatlarni tayyorladi, Migratsiya agentligi vakillari ona va uning farzandlari uchun aviachiptalar sotib olib, zarur tashkiliy yordam ko‘rsatdi. Oila a’zolari Krasnoyarsk—Namangan aviaqatnovi orqali eson-omon yurtimizga jo‘nab ketishdi.
Avvalroq Rossiyadan ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan ayol O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Vatandosh xorijda og‘ir moddiy ahvolda qolib, zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga muhtoj bo‘lgan.




















