Avto

Buxoroda AI-92 benzinining ulgurji narxlari pasaytirildi

Viloyat neftni qayta ishlash zavodi ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirdi.

Buxoroda viloyat neftni qayta ishlash zavodi AI-92 markali benzinning ulgurji narxlarini pasaytirdi, deya xabar bermoqda O‘zneftgaz axborot xizmati.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bir tonna yoqilg‘i narxi 12,8 mln so‘mdan 12,6 mln so‘mgacha, ushbu markadagi benzinning chakana narxi esa shu munosabat bilan litri uchun 9 400 so‘mgacha pasaygan. Korxonada ishlab chiqarish jarayonlari optimallashtirildi, bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini berdi.

Eslatib o‘tamiz, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 ni AI-92 o‘rnida sotish, narxlar bilan chayqovchilik qilish va benzinni suyultirish holatlari kuzatilmoqda. O‘zbekneftgaz taqchillikka yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Benzin narxiga nima ta’sir qiladi? Ekspertlar jahon birjalarida neft narxi bilan parallel olib borishdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная