3-iyul kuni Toshkentni kuchli ultrabinafsha nurlanish qoplaydi, Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra.

Ultrabinafsha nurlanishning eng yuqori cho‘qqisi 13:00 ga to‘g‘ri keladi va 15:00 ga yaqin pasayadi. Intensivlik 11 ballni tashkil etadi, bu ultrabinafsha nurlanishning «o‘ta xavfli sinfi» bo‘ladi. Xizmat mutaxassislari aholiga soya qidirishni va bino ichida bo‘lishni tavsiya qildi.

4-iyul kuni ultrabinafsha nurlanish intensivligi 10 ballgacha pasayadi. Cho‘qqi yana 12:00 atrofida bo‘ladi va 14:00 gacha pasayadi. Mutaxassislar quyoshda bo‘lmaslikni va imkon qadar himoya kremidan foydalanishni maslahat berishdi.

Avvalroq o‘zbekistonliklar jazirama kuchayishi haqida favqulodda ogohlantirilgani xabar qilingandi. O‘zbekiston hududiga janubdan issiq havo kirib kelmoqda.