13 Avgust 2024, 12:20 Sport

Olimpiada sovrindorlarining murabbiylari ham mukofotlandi

Ma’lumot uchun, Parij Olimpiadasida yuqori natija qayd etgan sportchilar uy, mashina va pul mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

Olimpiada sovrindorlarining murabbiylari ham mukofotlandi

Parij-2024 Olimpiadasida sovrindor bo‘lgan sportchilarning murabbiylari ham pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, oltin medal olgan sportchilarning murabbiylari 50 ming AQSh dollari, kumush olganlarning murabbiylari 25 ming AQSh dollari, bronza medal olganlarning murabbiylari esa 12 500 AQSh dollaridan mukofotlandi.

Ma’lumot uchun, Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlariga 50 mingdan 200 ming dollargacha bo‘lgan pul mukofotlari, Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari, shuningdek, ikki qavatli kottejlar va xonadonlar berildi.

Mashhur yangiliklar