Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi FIFAning yangilangan reytingida uch pog‘onaga ko‘tarilib, 49-o‘rinni egalladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat Markaziy Osiyo respublikalari orasida yetakchiga aylangan. Shu bilan birga, ayollar terma jamoasi 2025-yil avgustiga nisbatan FIFA reytingida uch pog‘onaga ko‘tarildi. Keyingi o‘rinda Qozog‘iston 113-o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni Turkmaniston 141-o‘rin bilan yakunladi.
Keyingi o‘rinlardan Qirg‘iziston va Tojikiston joy oldi – 142 va 158-o‘rinlar. Qayd etilishicha, reyting 198 mamlakatdan iborat. Reytingda Ispaniya jamoasi yetakchilik qilgan bo‘lsa, so‘nggi pog‘onani Mavrikiy terma jamoasi egalladi.
Avvalroq superkompyuter O‘zbekistonning 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqish imkoniyatini baholagani haqida xabar berilgandi. Favoritlar ro‘yxatida Ispaniya yetakchilik qilmoqda.























