Turkiyaning Antaliya shahrida shaxmat bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati.
Chempionat 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida tezkor va blits yo‘nalishlarida o‘tkazildi. O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza — jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rinni 8 ta medal bilan Turkiya terma jamoasi egalladi. FIDE jamoasi 6 ta medal bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, shaxmatchi Javohir Sindorov unvon va kvartira bilan taqdirlangandi. Sportchi JCH-2025 g‘olibiga aylandi. Bundan tashqari, uning murabbiylari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.



























