O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Timur Kapadze o‘z faoliyatini yangi bosqichda davom ettirish istagini bildirib, uni lavozimidan ozod etishni so‘radi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassis boshqa taklif olgan va ishni bosh murabbiy sifatida davom ettirmoqchi. O‘FA rahbariyati uning qarorini hurmat bilan qabul qildi, deyiladi xabarda.

Timur Kapadze 2025-yilning yanvarida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Uning qo‘l ostida jamoa JCH-2026 saralashida Qirg‘izistonni mag‘lub etib (1:0), Eron (2:2) va BAA (0:0) bilan durang o‘ynab, tarixda ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Fabio Kannavaro terma jamoaga ustozlik qilgach, Kapadze italiyalik mutaxassisga yordamchi etib tayinlandi.