Shohista Shonazarova kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekistonga oltin medalni keltirdi
-40 kg vazn toifasida sportchi barcha bahslarda quruq hisobda g‘alaba qozondi va finalda yaponiyalik raqibini 11:0 hisobida mag‘lub etdi.

Afinada sport kurashlari bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda, bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun tarixiy bo‘ldi: ayollar o‘rtasidagi bahslarda birinchi marta mamlakat vakilasi jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
-40 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shohista Shonazarova O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi. U chorak finalda germaniyalik raqibasini, yarim finalda AQSH vakilini mag‘lubiyatga uchratib, birorta ham ochko to‘plashga imkon bermadi.
Shonazarova finalda yaponiyalik sportchini 11:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylandi.
Avvalroq, o‘zbekistonlik sportchi Muhayyo Rahimjonova sport kurashlari bo‘yicha U-17 jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.
Izohlar