O‘zbekistonda 2025-yilgi Jahon kubogining g‘olibi Javohir Sindarov “O‘zbekiston Respublikasining xizmat ko‘rsatgan sportchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng yirik shaxmat nokaut turniri Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan. Javohir Sindarov xitoylik grossmeyster Vey I. ustidan g‘alaba qozonib, JCH-2025 g‘olibiga aylandi. Shu tariqa, sportchi 2026-yilgi da’vogarlar turniriga rasmiy yo‘llanma va 120 ming dollar mukofotini qo‘lga kiritdi.
Davlat rahbari mamlakatimizda shaxmatni yanada rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va jahon miqyosidagi natijalari uchun shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Javohir Sindorovni faxriy unvon bilan taqdirladi. Prezidentning sportchiga yana bir sovg‘asi uch xonali uy bo‘ladi. Bundan tashqari, uning murabbiylari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Avvalroq o‘zbekistonlik shaxmatchi tarixda ilk bor da’vogarlar turniriga yo‘llanma olgani haqida xabar berilgandi. Javohir Sindorov shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi finaliga yo‘l oldi.



















