O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida yana yetakchiga aylanishdi O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida yana yetakchiga aylanishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, terma jamoa 18 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi: sakkizta oltin, oltita kumush va to‘rtta bronza va shu tariqa ketma-ket ikkinchi kun umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Jumladan, sportchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi:
Oltin
- -51 kg: Gulsevar G‘aniyeva;
- -57 kg: Xumorabonu Mamajonova;
- -55 kg: Samandar Alimov;
- -65 kg: Sayat Ilyasov;
- -70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov;
- -75 kg: Shavkatjon Boltayev;
- -85 kg: Abdulaziz Abdurahmonov;
- +90 kg: Halimjon Mamasoliyev.
Kumush
- -48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova;
- -54 kg: Uzukjamol Yunusova;
- -70 kg: Oysha Toirova;
- -60 kg: Shoxrux Abdumalikov;
- -80 kg: Rahmatullo Boymatov;
- -90 kg: Shahzod Polvonov.
Bronza
- -50 kg: Behruz Xoldorov;
- -60 kg: Odinaxon Ismoilova;
- -65 kg: Mohira Ahmedova;
- +81 kg: Diyoraxon Abdumannobova.
Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar birinchi o‘rinni egalladi. Terma jamoa 13 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.






















