Sport

O‘zbekistonlik erkin kurashchilar yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini uchinchi o‘rinda yakunladi

Sportchilar bitta oltin, uchta kumush va beshta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

U-17 toifasidagi erkin kurashchilarimiz sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatini uchinchi o‘rinda yakunladi, deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Musobaqaning so‘nggi kunida o‘smirlar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Hamyurtlarimiz ikkita kumush va uchta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi:

Kumush:

  • -51 kg: Ulug‘bek Rashidov;
  • -55 kg: Abdumalik Jaloliddinov.

Bronza:

  • -45 kg: Mirjalol Mukammilov;
  • -48 kg: Shahobiddin Nurmanov;
  • -60 kg: Faxriddin Nasriddinov.

Unga ko‘ra, U-17 toifasidagi erkin kurashchilarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Umuman olganda, ushbu yosh toifasidagi terma jamoamiz vakillari barcha yo‘nalishlarda beshta oltin, yettita kumush va 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная