Sport

O‘zbekistonda Olimpiya o‘yinlari uchun sport turlari soni oshiriladi

Rasmiylar ularni ustuvorlik bo‘yicha taqsimlab, medallar va litsenziyalar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda sport turlari ustuvorligi bo‘yicha taqsimlanadi, shuningdek, ustuvor sport turlari bo‘yicha medallar soni oshiriladi, deyiladi hukumat qarorida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini har tomonlama tayyorlash rejalashtirilgan. Buning uchun hokimiyat mamlakatda sport faoliyati turlarini kengaytirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni ishlab chiqdi.

Xususan, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida erishilgan natijalardan kelib chiqib, sport turlarini ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratish rejalashtirilgan. Bunda ushbu toifadagi sport turlari ro‘yxati har 4 yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan kalendar yil yakuniga qadar qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Ustuvor sport turlari uchun ham medallar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan. Ular orasida boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash va og‘ir atletika bo‘ladi. Bundan tashqari, triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy beshkurash kabi rivojlanayotgan 21 ta sport turi bo‘yicha litsenziyalarni qo‘lga kiritish rejalashtirilgan.

Avvalroq boks 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishi haqida xabar berilgandi. Olimpiya boksini World Boxing xalqaro boks federatsiyasi rivojlantiradi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная