O‘zbekiston klublariga futbolchilarning JCH-2026 dagi ishtiroki uchun pul to‘lanadi
FIFA jami moliyaviy bonuslar uchun 350 million dollardan ortiq mablag‘ ajratadi.

FIFA 2026-yilgi jahon chempionatiga o‘z futbolchilarini qo‘yib yuborgan jamoalar o‘rtasida 355 million dollar taqsimlaydi, shu munosabat bilan O‘zbekiston futbol klublari federatsiyadan moliyaviy bonuslar ham olishlari mumkin, deyiladi tashkilot saytidagi ma’lumotda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kengaytirilgan klub imtiyozlari dasturi doirasida assotsiatsiya 355 mln dollar mablag‘ni taqsimlashni rejalashtirmoqda, bu so‘nggi mundialga nisbatan 70 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, bu safar to‘lovlarni olish huquqi nafaqat futbolchilarning turnirning final bosqichida, balki saralash o‘yinlarida ham mavjud bo‘ladi.
Qayd etilishicha, FIFA va Yevropa klublari assotsiatsiyasi o‘rtasida yangilangan memorandum tufayli jamg‘arma miqdori oshgan. Agar 2010-yilda, klublarni qo‘llab-quvvatlash dasturi birinchi marta qo‘llanilganda, jamg‘arma 40 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib bu miqdor 209 million dollarga yetdi.
Avvalroq, O‘zbekiston futbol bo‘yicha CAFA kubogini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi. Eronga qarshi kechgan shiddatli o‘yinni FIFA rahbari Janni Infantino kuzatib bordi.
Izohlar