Qozog‘istonning Halyk banki Click aksiyalarining 49 foizini sotib oladi
Bitimni Qozog‘iston va O‘zbekistonda regulyator kelishuvlar olingandan so‘ng yakunlash rejalashtirilgan.

Qozog‘istonning Halyk banki O‘zbekistonning Click kompaniyasi aksiyadorlari bilan strategik kelishuv tuzganini e’lon qildi: Halyk Click’ning 49 foiz aksiyalarini sotib oldi va O‘zbekistondagi sho‘ba banki Tenge Bank’ning 49 foiz aksiyalarini Click aksiyadorlariga sotdi.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, Halyk Click aksiyalarining 49 foizi uchun 176,4 million AQSH dollari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi. O‘z navbatida, Click aksiyadorlari Tenge Bank aksiyalarining 49 foizi uchun 60,76 million dollar to‘laydi. Bitim tuzilmasi tomonlarga mustaqil yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda yaqin hamkorlikda ishlash imkonini beradi.
Bitimlarni Qozog‘iston va O‘zbekistonda tegishli tartibga solish kelishuvlari olingandan so‘ng yakunlash rejalashtirilgan.
Click va Tenge Bank mustaqil yuridik shaxs sifatida o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bunda barcha mijozlarga avvalgi shartlarda xizmat ko‘rsatiladi, kompaniyalarning amaldagi barcha shartnoma va majburiyatlari o‘z kuchida qoladi hamda o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajariladi.
Izohlar