2025-yil boshidan buyon O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 6,1 mln so‘mgacha oshdi, deyiladi Statistika qo‘mitasi hisobotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 19,2 foizni tashkil etgan. Toshkent aholisi hamon eng ko‘p maosh olmoqda — o‘rtacha oylik maosh 10,3 mln so‘mni tashkil etadi (18,7 foizga o‘sish).

Ikkinchi o‘rinda Navoiy viloyati — 7,6 mln so‘m (+15,1%), uchinchi o‘rinda Toshkent viloyati — 5,8 mln so‘m (+17,3%).

Avvalroq O‘zbekistonda eng kam ish haqi mintaqa davlatlari orasida eng past ko‘rsatkichlardan biri ekani ma’lum qilingandi. Mutaxassislar qo‘shnilardan ortda qolish mamlakatdagi mehnat bozori ishtirokchilarining xarid qobiliyati pasayishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.