O‘zbekistonda qarzlarni soddalashtirilgan tartibda undirish amaliyotini kengaytirish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, deputatlar qarzlarni soddalashtirilgan tartibda undirish uchun kengroq imkoniyatlarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni ko‘rib chiqqan. Hozirgi kunda bunday amaliyot ma’muriy jarimalar, soliq qarzdorligi, davlat boji va sud hujjatlari bo‘yicha pochta xarajatlarini undirishda qo‘llanilmoqda.
Endi hokimiyat bunga kommunal xizmatlar, ko‘p qavatli uylar egalarining badallari, shuningdek, pochta va videokonferensiya xarajatlari bo‘yicha qarzlarni ham qo‘shishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, soddalashtirilgan tartibda BHMning 5 baravarigacha (2,06 mln so‘m) bo‘lgan qarzlarni undirish ham rejalashtirilgan. Bu MIBga yuklamani kamaytirishga yordam berishi, shuningdek, qarzlarni tezkorlik bilan undirishni ta’minlashi rejalashtirilgan. O‘zgartirishlar Oliy Majlis Senatida ko‘rib chiqildi va qabul qilindi. Hujjat kuchga kirgunga qadar prezident imzosini olish qoldi.
Ta’kidlash joizki, soddalashtirilgan tartibda bunday masalalar bo‘yicha undiruvlar qarzdor jismoniy shaxsning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘laridan undirilmasligi nazarda tutilgan. Bu esa, o‘z navbatida, undiruv samaradorligini oshirishga, qarzdorning uyiga borib, ortiqcha bezovta bo‘lishining oldini olishga hamda undiruvni qarzdorga nisbatan hech qanday taqiq va cheklovlar qo‘llamasdan amalga oshirishga xizmat qilishi lozim.




















