Statistika qo‘mitasi 2025-yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondagi eng ko‘p maosh oluvchi kasblar ro‘yxatini taqdim etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p maoshni bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohalari xodimlari oladi — 16,8 mln so‘m. Keyingi o‘rinda axborot-kommunikatsiya sohasi xodimlari — 14,9 mln so‘m.

Qolgan ro‘yxat quyida keltirilgan:

  • tashish va saqlash — 9,3 mln so‘m;
  • sanoat — 7,3 mln so‘m;
  • savdo — 6,8 mln so‘m;
  • qurilish — 6,3 mln so‘m;
  • san’at, ko‘ngil ochish va dam olish — 5,1 mln so‘m:
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 5,1 mln so‘m;
  • ta’lim — 4,1 mln so‘m;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar — 3,7 mln so‘m.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 6,1 mln so‘mni tashkil etgandi. Eng ko‘p daromad hamon poytaxtda.