O‘zbekistonda ish haqi va pensiyalar inflyatsiya darajasidan yuqoriga ko‘tariladi
Shuningdek, rasmiylar ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar berishni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar inflyatsiya darajasidan yuqoriroq ko‘tarilishi Moliya vazirligi ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2028-yilgacha budjet xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini yillik inflyatsiya darajasidan oshirish rejalashtirilgan. Bu aholining turmush darajasini oshirish, fuqarolarning real daromadlari o‘sishini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga yordam berishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, idora Pensiya jamg‘armasi daromadlari barqarorligini ta’minlash uchun ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar berishni ham kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Xususan, 2028-yilgacha xizmatlar sohasi uchun ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasi 1 foiz miqdorida amal qiladi. Shu bilan birga, imtiyoz faqat 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga, agar ularning ish haqi 3 million so‘mdan oshsa, tatbiq etiladi.
2025-yilda Pensiya jamg‘armasiga byudjetdan ajratiladigan transfertlar hajmi 20 trillion so‘mdan oshishi, 2028-yilga borib esa 26 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda. Shunday qilib, 2023-yilga nisbatan transferlar deyarli ikki baravarga oshishi kerak.
Avvalroq O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi oshgani haqida xabar berilgandi. Eng katta maoshlar hamon Toshkentda.
Izohlar