O‘zbekistonda go‘sht narxi oshdi
Kuz kelishi bilan ba’zi sabzavotlar ham qimmatlasha boshladi.

Otabek Bakirov O‘zbekistonda ikki kun ichida go‘sht va ayrim turdagi sabzavotlarning ulgurji narxlari keskin oshganiga e’tibor qaratdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, 17-sentyabrga nisbatan rasmiy manbalarda mol go‘shtining maksimal narxlari bir kilogramm uchun 98 ming so‘mdan 115 ming so‘mgacha ko‘tarilgan. Shuningdek, qo‘y go‘shtining kilosi 105 ming so‘mdan 120 ming so‘mga qimmatlashgan. Shu bilan birga, Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, maksimal narx belgilari go‘shtning aynan qaysi toifalariga tegishli ekanligi noma’lum.
Shuningdek, mutaxassis mamlakatda havo sovishi bilan ayrim sabzavotlar narxi oshganiga e’tibor qaratdi. Xususan, 17 sentyabrga nisbatan bulg‘or qalampirining kilosi 20 ming so‘mdan 30 ming so‘mga, pomidor 12 ming so‘mdan 14 ming so‘mga, bodring 7 ming so‘mdan 8 ming so‘mga qimmatlashgan.
Avvalroq iqtisodchi Timurmalik Elmurodov O‘zbekistonda dollar arzonlashganiga qaramay, narxlar pasaymayotgani sabablarini tahlil qilib, qayd etib o‘tgandi. Mutaxassis tovar va xizmatlar arzonlashuvining asosiy sabablarini sanab o‘tdi.
Izohlar