23-avgust kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi mumkin, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Tunda harorat 20-22°, kunduzi 34-36° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° iliq;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° iliq;
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35°;
- Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Havo harorati kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekistonni salqin dam olish kunlari kutayotgani haqida xabar berilgandi. Mamlakatga nam havo kirib kelishi kutilmoqda.




















