26-sentyabr kuni O‘zbekistonda havo iliq bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi, tog‘larda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda tunda qisqa muddatli yengil yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmayapti. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Havo harorati tunda 15-17°, kunduzi 26-28° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida, shuningdek, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.