O‘zbekistonda 18-avgust kuni havo harorati pasayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi mumkin, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi 32-34° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° iliq;
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° iliq;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° iliq;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° iliq;
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi chang bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° iliq;
- Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tundagi harorat 12-17°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.





















