10-noyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida kechga tomon yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.