UzTest Buxoro filialida yuzlab million so‘mlik uskunalar o‘g‘irlandi
Vaziyatga oydinlik kiritish uchun mas’ullarga so‘rov yuborildi.

UzTest tizimida laboratoriya sinov qurilmalarini yirik miqdorda o‘g‘irlash holati qayd etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyadan mamlakatga uchta laboratoriya sinov qurilmasi olib kelingan. Ulardan biri og‘irligi 1 tonna 200 kilogrammgacha bo‘lgan, narxi 150 mln so‘m bo‘lgan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tormoz stendi edi. Ushbu sinov qurilmasi o‘g‘irlab ketilgan.
Bundan tashqari, qariyb 250 million so‘mlik gaz ballonlarini o‘lchash uskunalari ham o‘g‘irlangan. O‘zA holatga oydinlik kiritish maqsadida UzTest muassasasi mutasaddilariga so‘rov yubordi.
Izohlar