Xorazm viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari bir yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan firibgarni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

1975-yilda tug‘ilgan erkak Urganchda qo‘lga olingan. U Jinoyat kodeksining 168-moddasida (firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan.

Ushbu modda bo‘yicha u 3 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ehtiyot chorasi sifatida erkak tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Tergov boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Tailandda O‘zbekistonda xalqaro qidiruvga berilgan jinoyatchi topilgandi. Erkak tergov harakatlarini davom ettirish uchun vataniga qaytarilgan. Erkak juda katta miqdordagi firibgarlik uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan.