6 Sentabr 2024, 17:49 Oʻzbekiston, Jahon

Turkiyada 25 yoshli o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qoldi

Ikki yil avval O‘zbekistondan Turkiyaga chiqib ketgan yigit bedarak yo‘qolgani aniqlandi.

Turkiyada 25 yoshli o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qoldi

Turkiyaga chiqib ketgan o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qolgani aniqlandi. Bu haqda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yaqin qarindoshlarining murojaatiga ko‘ra, 2022-yil oktyabr oyida O‘zbekistondan Turkiyaga chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan 1999-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Norsaidov Doston O‘ktam o‘g‘li qidirilmoqda.

U to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga (0212) 323-20-37 telefon raqami yoki uzbekconsul@yahoo.com orqali xabar berish so‘raldi.

Mashhur yangiliklar