Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik erkak deportatsiya qilindi
O‘zgalarning qariyb 60 ming dollar pulini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan shaxs Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Turkiyada qo‘lga olingan erkak O‘zbekistonga deportatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Bosh konsulxona axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilda Istanbul shahrida qo‘lga olingan Doniyor Muqimjonov Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
U 2022—2023-yillarda ishonchga kirish yo‘li bilan o‘zgalarning umumiy hisobda qariyb 60 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘llari bilan o‘zlashtirganlikda ayblanib, 2023-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raldi.
Qayd etilishicha, jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi.
Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlardan ogoh bo‘lish so‘raldi.
Мавзуга оид хабарлар:
Turkiyada qarovsiz qolib ketgan 3 bola Vatanga qaytarildi Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik goʻdak Oʻzbekistonga qaytarildi Qozonda YTHga uchrab, og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi O‘zbekistonliklar ko‘proq qaysi davlatga o‘qishga ketyapti? Kamola Mahmudova uzoq davom etgan hastalikdan soʻng vafot etdi