21-noyabr kuni Toshkentning Yangihayot va Sergeli tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi manzillarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Yangihayot tumani: Yo‘ldosh, Mash’al, Yangi turmush, Tashabbus, Olchazor, Xushnud, Navqiron, Yorqin hayot, Charog‘on, Chorbog‘, Viqor, Al-Farg‘oniy, Do‘stlik, Iqbol, Toshkent va Fayzli mahallalarida. Bosimning pasayishi 45 ta ko‘p qavatli uy va 899 ta xususiy uyga ta’sir qiladi. Yirik iste’molchilar — 89 ta.
- Sergeli tumani: Nurhayot, Ittifoq, Nilufar, Daryo boy, Sofdil va Sug‘diyona mahallalarida. Bosim pasayishi 124 ta ko‘p qavatli uy va 833 ta xususiy uyga ta’sir qiladi. Yirik iste’molchilar — 71 ta.
Rejali ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng ta’minot qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq O‘zbekistondagi gaz quyish shoxobchalari faoliyati real vaqt rejimida kuzatib borilishi haqida xabar berilgan edi. Tizim tabiiy gaz hisobini yuritadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi va haydovchilarni nomaqbul yoqilg‘i haqida ogohlantiradi.





















