Toshkentda poytaxtni Toshkent viloyati bilan bog‘laydigan yo‘nalish ishga tushiriladi
Mutaxassislar tomonidan ertalab soat 5 dan tungi 12 gacha harakatlanadigan 8 ta zamonaviy avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

16-sentyabrdan Toshkentda poytaxtni Toshkent viloyati tumanlari bilan bog‘laydigan yangi yo‘nalish ishga tushiriladi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar 177-sonli yangi avtobus yo‘nalishini yo‘lga qo‘yadi. U soat 05:30 dan 23:17 gacha Toshkent viloyatining “Chorsu” metro bekatidan “Iftixor” mahallasigacha harakatlanadi.
Qayd etilishicha, yo‘nalishda o‘rtacha 9,5 metr uzunlikdagi King Long XMQ6900EGW rusumli 8 ta zamonaviy avtobus harakatlanadi.
Avvalroq Toshkentda tungi avtobuslarni yo‘lga qo‘yish ma’qullangani haqida xabar berilgandi. Yo‘l haqi kunduzgi yo‘nalishlardan farq qilmaydi.
Izohlar