Maxsus komissiyaga ikki hafta muddatda maydoni 500 m² dan ortiq bo‘lgan qurilish obyektlarida changni nazorat qilish bo‘yicha majburiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish topshirildi, deyiladi prezident farmonida.

Davlat rahbari komissiyaga maydoni 500 m² dan ortiq bo‘lgan qurilish obyektlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish, jumladan, qurilishni yaxlit panjara bilan o‘rash, changni namlovchi qurilmalar o‘rnatish, yuk mashinalari uchun qoplamalar, havoni ifloslantirmaydigan kirish yo‘llarini boshqarish va chang chiqarishi mumkin bo‘lgan materiallarni yopish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Quyidagi talablar majburiy hisoblanadi:

  • turar joy zonalaridan 1000 metrgacha radiusda joylashgan qurilishlarda Ekologik komissiyaga ma’lumotlarni tezkor uzatish uchun havo sifati monitoringi fon stansiyalari o‘rnatiladi;
  • daraxtlarni kesishda kamida 10 baravar ko‘p yangi daraxtlar ekilishi kerak;
  • qurilish kompaniyalari yondosh yo‘llarni muntazam ravishda (sutkasiga kamida 3 marta) namlab turishlari shart;
  • chang hosil bo‘lishiga olib keladigan materiallarni saqlash uchun maxsus joylar tashkil etish;
  • tegishli pana joysiz materiallarni transportda tashish taqiqlanadi;
  • qurilish maydonchalaridan chiqish joylarida qurilish transportining g‘ildiraklarini yuvish uchun rezervuarlardan foydalanishni joriy etish;
  • qurilish kompaniyalariga suv yig‘ishni tashkil etish va uning yo‘llarga oqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda juft va toq raqamli avtomobillar harakati taqiqlanishi mumkin. Cheklovlar elektromobillarga ta’sir qilmaydi.