Toshkentda yo‘lning Foziltepa ko‘chasi chorrahasidan Beshqayrag‘och ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopiladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 27-noyabr soat 22:00 dan 1-dekabr soat 22:00 gacha Foziltepa ko‘chasi chorrahasidan Beshqayrag‘och ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan yo‘l qismi bo‘ylab transport harakati bir yo‘nalishda vaqtincha cheklanadi.

Cheklovlar Uchtepa tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘li hududida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani bilan bog‘liq. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan ushbu davrda aylanma yo‘nalishlardan foydalanish so‘raldi.
Avvalroq Toshkentda bir necha kunga ko‘chalardan biri yopilishi haqida xabar berilgandi. Poytaxtda “Yangi O‘zbekistonning Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.























