Toshkent aholisini UJKX bilan bog‘liq muammolar tark etmayapti
Rasmiylar aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha poytaxtning eng yomon tumanlari reytingini taqdim etdi.

Toshkent shahri aholisi o‘tgan haftada 1 320 ta shikoyat yo‘llagan, deb xabar bermoqda “Xalq nazorati” portali.
Aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha eng yaxshi ish Uchtepa tumanida kuzatilmoqda — 10 balldan 8,42 ball. Oxirgi o‘rinni 1,98 ball bilan Shayxontohur tumani egalladi.
Muddati o‘tgan murojaatlar bo‘yicha eng katta muammolar Chilonzor tumanida kuzatilmoqda — 747 ta murojaat. Shu bilan birga, eng ko‘p shikoyatlar “Toshkent shahar elektr ta’minoti korxonasi”ga — 3 953 ta ariza, Ekologiya boshqarmasiga — 1 288 ta ariza va Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga — 1 186 ta ariza yuboriladi.
Jami 25 285 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 19 935 tasi hal etilgan, 58 tasi rad etilgan. Toshkentliklarning eng ko‘p uchraydigan muammosi uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘lib qolmoqda — 31,2 foiz. Keyingi o‘rinlarda yo‘llar holati — 19,9 foiz, obodonlashtirish — 3,7 foiz va ekologik muammolar — 3,5 foiz.
Mavzuga doir: O‘zbekiston bo‘ylab “Xalq nazorati” portali ishga tushiriladi. Prezident viloyat hokimlariga fuqarolar muammolari bilan shaxsan shug‘ullanish, viloyat hokimlarini qabul bo‘limi boshlig‘i etib tayinlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Izohlar