Toshkent shahar hokimligi va Transport vazirligi hamkorligida chiqindi tashish mashinalarini onlayn kuzatish uchun sayt ishga tushirildi, deb xabar bermoqda matbuot xizmati.
Endi poytaxt aholisi Tozapoytaxt platformasida GPS tizimi orqali chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida kuzatishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida fuqarolarning shikoyat va murojaatlarini qabul qilish markazlashgan holda xalqnazorati platformasi orqali amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan:
- har bir mahallada chiqindi tashish mashinalarining kelish vaqti va yo‘nalishini onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi;
- mahallalarni chiqindi konteynerlari bilan ta’minlash bo‘yicha ikki yillik dastur e’lon qilinadi;
- chiqindilarning kunlik hajmi ochiq onlayn rejimda e’lon qilinadi;
- fuqarolar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni baholash mexanizmi joriy etiladi;
- yuridik tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi onlayn monitoring orqali nazorat qilinadi.
Avvalroq Toshkentning minglab aholisi chiqindi uchun qarzdorligi tufayli elektrsiz qolishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Abonentlarga qarzdorlik haqida SMS-xabarnoma yuborilgach, ularga besh kunlik muddat berildi.





















