7-9 noyabr kunlari O‘zbekiston hududidan sovuq havo massasining chekinishi davom etadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. 7 noyabrda kunduz kuni havo 10-12 daraja iliqqacha, yakshanba kuni esa 14-17 daraja iliqqacha, janubda 18-20 daraja iliqqacha isiydi. Havoning tungi harorati ham ko‘tariladi, hududning katta qismida u musbat bo‘ladi. Tungi va ertalabki kuchsiz sovuqlar asosan respublikaning shimolida va cho‘l zonasida saqlanib turadi.

Toshkent shahrida: 7-noyabr va dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol kuchsiz. Havo harorati 7 noyabrda 10-12° iliq, 8-9 noyabrda 14-16° iliqqacha ko‘tariladi. Harorat kechasi 1-3° iliq bo‘ladi.