14-noyabr kuni O‘zbekistonda salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 4-6, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.





















