11-dekabr kuni O‘zbekistonda salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 12-14° iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yomg‘ir, qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ba’zi hududlarda esa 20-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 3 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
  • Buxoro, Navoiyda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
  • Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.