Sinoptiklar o‘zbekistonliklarni kutilayotgan yog‘ingarchilik tufayli mamlakatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi haqida zudlik bilan ogohlantirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 13-16-dekabr kunlari kutilayotgan yomg‘irlar va havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingan. Xususan, quyidagi joylar xavf ostida bo‘ladi:
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi).
- Namangan viloyati: Pop tumani.
U yerda yashovchi va dam oluvchi aholi, mehmonlar va sayyohlar, shuningdek, hududlarga chiquvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.





















