Shavkat Mirziyoyev Prezident Administratsiyasining ustuvor yo‘nalishlariga mas’ullarni tayinladi
Hilola Umarova yangi lavozimga o‘tishi munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimini tark etdi.

Prezident farmoni bilan beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha mas’ul rahbarlar tayinlandi, deb xabar bermoqda matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat rahbari administratsiya faoliyatida beshta ustuvor yo‘nalishni belgilab bergan, ular orasida ta’lim, biznes muhiti, sud-huquq tizimi, sog‘liqni saqlash va suv resurslari bor. Prezident farmoni bilan quyidagilar ular uchun mas’ul rahbarlar etib belgilandi:
- Hilola Uktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi;
- Tamila Anvarovna Aliyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
- Timur Nuryigitovich Butunbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
- Nodira Jalalovna Xakimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
- Sherzod Farxod o‘g‘li Ozodzoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;
- Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq O‘zbekistonda vazirliklarning vakolatlari kengaytirilgani haqida xabar berilgandi. Tashkilotlar ortiqcha byurokratiyadan xalos bo‘lgan.
Izohlar