Sankt-Peterburgdan Urganchga yo‘l olgan samolyot Moskvadagi zaxira aerodromga yo‘naltirildi
Bunga uchuvchisiz uchish apparatlari hujumi tufayli Pulkovo aeroportida “gilam” rejimi joriy etilgani sabab bo‘lgan.

12-sentyabr kuni Sankt-Peterburgdan Urganchga uchgan samolyot Pulkovo aeroportida “gilam” rejimi joriy etilgani sababli muqobil aerodromga jo‘nab ketdi, deb yozadi “Новости ташкентского неба”.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Urganch (UGC) — Sankt-Peterburg (LED) yo‘nalishi bo‘yicha HY-9637 reysini amalga oshirayotgan Uzbekistan airways aviakompaniyasi samolyoti ekipaji yo‘nalish bo‘yicha zaxira aeroporti — Vnukovo xalqaro aeroportiga qo‘nishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, bunga uchuvchisiz uchish apparatlari hujumi tufayli Pulkovo aeroportida “gilam” rejimi joriy etilgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda aviakompaniyalar 90 dan ortiq parvozlarni kechiktirgan va yana 40 ga yaqinini bekor qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Izmir—Samarqand yo‘nalishidagi samolyotda bo‘lgan erkak yo‘lovchiga tegajog‘lik qilib, beldan pastki qismini silagan. Huquq-tartibot idoralari “bayonotning ma’nosizligi” sababli samolyot buzuqchisiga qarshi ish qo‘zg‘atishni istamadi.
Izohlar