13-noyabr kuni O‘zbekistonda salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 3-5, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Avvalroq o‘zbekistonliklar sovuq oldidan isinishi haqida xabar berilgandi. Mamlakat hududi bo‘yicha havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi.