11-noyabr kuni O‘zbekistonda salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin, faqat Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 3-5, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 14-19° iliq;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
Avvalroq sinoptiklar O‘zbekistonda 2025-yil oktyabr oyi barcha yillardagi eng quruq va issiq ob-havo kuzatuvlaridan biri bo‘lganini ma’lum qilgandi. Kuzning ikkinchi oyi quruq keldi, hududning katta qismida yog‘ingarchilik me’yordan ancha kam bo‘lgan.





















