7-noyabr kuni O‘zbekistonda salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1° sovuq-1° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Температура ночью 2° мороза -3° тепла, днем 10-15° тепла;
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Avvalroq sinoptiklar o‘zbekistonliklarni qor ko‘chkisi xavfi haqida shoshilinch ravishda ogohlantirgan edi. Tog‘li hududlar aholisi ehtiyot bo‘lishga chaqirildi.




















