O‘zbekiston

Quruq va salqin: 23-sentyabr uchun ob-havo

Tog‘larda shamol kuchayishi mumkin.

23-sentyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda, tog‘larda kuchli shamol esishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 24-26° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistonda hafta davomida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная